Jizzaxda chegarani buzgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
U.Rasulov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) ishlash maqsadida Qozog‘istonga chiqib ketdi. Biroq u yerda ish ham, pul ham tayyormasligiga guvoh bo‘lib, ortga qaytish payiga tushdi. Ammo fuqarolik pasportini yo‘qotganligi sababli O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasini chegara va bojxona nazorati o‘rnatilmagan noqonuniy yo‘llar orqali ikki davlat chegaralari bo‘ylab o‘rnatilgan sim to‘siqlarini buzib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etdi.
Jizzax viloyat DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida sim to‘siqlarni buzib o‘tgan shaxs U.Rasulov ekanligi aniqlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun Mirzacho‘l tuman sudiga yuborildi.
U.Rasulov sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 223-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, bir yil sinov belgilandi.
Maqsud Rayimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining raisi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024