O‘zbekiston | 14:50 / 25.04.2019
6602
2 daqiqa o‘qiladi

«Lukoyl» O‘zbekistondagi mavjud loyihalarga yana 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi

«Lukoyl» O‘zbekistondagi mavjud loyihalarga qo‘shimcha 2 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun Rossiya kompaniyasining rahbari Vagit Alekperov Buxoro viloyatidagi «Qandim» gazni qayta ishlash kompleksi hududida bo‘lib o‘tgan, kompaniya direktorlar kengashi sayyor yig‘ilishida ma'lum qildi.

Vagit Alekperov

U kompaniya «yangi investitsiyalarni kiritish niyatidaligi» va yangi geologiya qidiruv ishlari o‘tkazmoqchi ekanini tasdiqladi.

«Kompaniya bizning mavjud loyihalarimizda katta investitsiya sikliga ega. Kelajakda «Hisor» va Qandim guruhi konlarida gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun 2 milliard dollar yo‘naltirishimiz kerak», - dedi Alekperov jurnalistlarga.

Joriy yilning boshida u kompaniya Navoiy viloyatidagi uchta investitsion blokda yangi uglevodorodlar zaxiralarini topishga umid qilayotgani haqida aytgandi.

«O‘rganish boshlangan uchta blok - bu juda katta ish. Respublika rahbariyati oldida kompaniya o‘z zimmasiga olayotgan mas'uliyat barcha ishni o‘z vaqtida bajarishga imkon beradi. Shuning uchun biz ushbu obektlar bo‘yicha ishlaymiz, deb o‘ylayman», - deya qo‘shimcha qildi Alekperov. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid