Jahon | 01:35 / 26.04.2019
7009
1 daqiqa o‘qiladi

Karib dengizidagi kema falokatida 22 kishi bedarak yo‘qoldi 

Venesuelaning Sukre shtatidagi Guiriya shahridan Trinidad va Tobagoga noqonuniy yo‘l olgan kemaning falokatga uchrashi oqibatida 22 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Sukre politsiyasida ma'lum qilindi.

Kema Paria ko‘rfazidagi Patos oroli yaqinida kuchli shamoldan keyin ag‘darilib ketgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, “El Djonatan” nomli kema Guiriyadan 24 kishi bilan chiqib ketgan. Hozircha 2 kishi qutqarilgani ma'lum qilingan.

Qutqaruvchilar qolgan yo‘lovchilarni qidirishmoqda. Ta'kidlanishicha, kema bortida u dosh bera oladigandan ko‘proq yuk bo‘lgan bo‘lishi mumkin.  

Mavzuga oid