Jahon | 20:22 / 26.04.2019
6066
1 daqiqa o‘qiladi
Myanma prezidenti 7 ming mahbusni afv etdi
Myanma prezidenti Vin Min butun mamlakat bo‘ylab jazo o‘tayotgan 7 ming mahbus afv etilishini e'lon qildi.
Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, afv etilganlardan aksariyati giyohvand moddalar aylanmasi bilan bog‘langan va ulardan hammasi ham darhol ozod etilmaydi.
Bu amnistiya joriy oydagi ikkinchisi bo‘lib, yana 3-amnistiya e'lon qilinishi kutilmoqda. Uning davomida nomi aytilmagan qurollangan guruh a'zolari va siyosiy ishlar bo‘yicha qamalganlar ozod etiladi.
17 aprelda mamlakatda 9 ming mahbus afv etilishi e'lon qilingan, biroq ta'kidlanishicha, amalda ulardan faqat 2 nafarigina ozod etilgan.
Mavzuga oid
08:18 / 26.12.2022
Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
14:39 / 12.10.2022
Myanmada sobiq bosh vazir Su Chjiga yana 3 yil qamoq jazosi berildi
09:01 / 26.12.2021
Myanmada harbiylar hujumidan keyin 35 kishining yonib ketgan jasadi aniqlandi
15:48 / 22.12.2021