Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgga O‘zbekistondan olib kelingan 20 tonna rediska va karam kiritilmadi
Peterburgda O‘zbekistondan katta miqdordagi yangi sabzavot mahsulotlarini olib kirish taqiqlandi. Bu haqda 26 aprel kuni Rosselxoznadzorning Peterburg, Leningrad va Pskov oblastlari bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sabzavotlar Shushari qishlog‘idagi vaqtinchalik saqlash omborxonasiga joylashtirilgan. Taqiq sabzavotlarda markirovka va mahsulot nomi yo‘q bo‘lganligi sababli qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, shuning uchun Peterburgga qariyb 21 tonna oq boshli karam, gulkaram va rediskani olib kirish taqiqlangan.
Bundan oldin, O‘zbekistondan Rossiyaga qo‘l yukida meva-sabzavotlar olib kirishga ruxsat berilgandi.
Mavzuga oid
10:37 / 24.03.2025
Peterburgda migrantlarning kelib chiqishi va millatini aniqlaydigan kameralar o‘rnatiladi
12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi
07:47 / 23.08.2024