Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning Farah viloyatida yuz tonnadan ortiq afyun yo‘q qilindi
Afg‘oniston qurolli kuchlari qo‘shinlari Farah viloyatida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida 100 tonnadan ortiq afyunni yo‘q qildi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.
"Afg‘oniston milliy armiyasi maxsus qo‘shinlari koalitsiya qo‘shinlari bilan Farah viloyatining Bakva tumanida o‘tkazgan hamkorlikdagi operatsiya davomida 100 ming kilogrammdan ortiq afyunni aniqladi va yo‘q qildi", - deya iqtibos keltiradi agentlik o‘z manbasiga tayanib.
Shuningdek qayd etilishicha, “Tolibon” harakati a'zolari afyunni "tayyorlash, saqlash, tarqatish, sotish va kontrabanda" qilishga aloqador.
AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda 2001 yildan buyon toliblar va boshqa guruhlarga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025