Jahon | 13:57 / 28.04.2019
5906
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankadagi teraktlarda asosiy gumondor bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi

Shri-Lankada qator teraktlar sodir etishda gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ikki asosiy gumondor qo‘lga olindi. Bu haqda Ada Derana portali xabar berdi.

Portalning bildirishicha, ularning ismi Muhammad Sodiq Abdul Haq va Muhammad Sohid Abdul Haq.

21 aprel kuni Shri-Lankada qator portlashlar yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 250ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq Shri-Lanka ommaviy axborot vaziri Ruvan Vijyevardene mamlakatdagi terrorchilik harakatlari uchun javobgarlik "Jamoat at-Tauhid al-Vataniya" va "Jamiatu al-Millatu Ibrohim" tashkilotlari zimmasida ekanligini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid