Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan shaxslar ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda
2018 yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgandi.
Keyinchalik, internetda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning ofisiga uyushtirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.
Xonto‘rayevning pichoqlanishi bilan bog‘liq holatda qator shaxslar tergovga tortilgan. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Shayxontohur tuman sudida mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar I.Abdulahatov (1991 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), T.Azizov (1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), S.Akbarov (1990 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), S.Vadenov (1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), O.Sodiqov (1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), J.Saynazarov (1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan) va S.Fatxullayev (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoyat ishi ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergashev raisligida hamda xalq maslahatchilari B. Muslimov va M. Mirhamidovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.
Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
2019 yil 12 aprel kuni boshlangan sud jarayoni davomida sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar (M. Xonto‘rayev, S. Zunnunov va I. Saidov) va ayrim guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi.
Hozirgi kunda sud tergovi ketyapti. Qolgan guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024