Jamiyat | 18:04 / 02.05.2019
17686
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Sun'iy yo‘l notekisligi» yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda 

Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida yo‘lning sun'iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi 1.31 «Sun'iy yo‘l notekisligi» yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, hozircha bu kabi birinchi yo‘l belgisi Sergeli tumanida o‘rnatilgan. Ushbu ogohlantiruvchi belgi transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga xavfli yo‘l qismiga yaqinlashayotganliklari haqida axborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora ko‘rishni talab qiladi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Mavzuga oid