Light | 14:16 / 04.05.2019
50043
2 daqiqa o‘qiladi

Yurakni kasalliklardan himoya qilish yo‘li topildi

Foto: Depositphotos

Janubiy koreyalik olimlar tadqiqot o‘tkazishdi va yurakni turli kasalliklarning rivojlanishidan qanday himoya qilish kerakligini aniqlashdi. Xulosalar Medical Xpress tomonidan e'lon qilingan.

Mutaxassislarning aniqlashicha, arterial gipertoniya (arteriyada qon bosimining oshib ketishi) sigaret tutunidan paydo bo‘ladi. Shuning uchun olimlar chekishdan, ayniqsa, passiv chekishdan qochishni tavsiya qildilar.

«Chekuvchi xonada bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'iy nazar, passiv chekish ta'siridan qochishga harakat qiling», - deya ta'kidlab o‘tdi tadqiqot muallifi Byong Jin Kim.

Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, passiv chekish gipertoniya rivojlanish xavfini 13% - 17%ga oshiradi.

«Olingan natijalar shundan darak beradiki, gipertoniyadan himoyalanish uchun nafaqat passiv chekish ta'sirini kamaytirish, balki undan butunlay qochish kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Kim.

Yuqori qon bosimi erta o‘limning asosiy sabablaridan biridir. Faqatgina 2015 yilda shu tufayli 10 milliondan ortiq odam vafot etdi, deya aniqlik kiritgan Medical Xpress.

Mavzuga oid