O‘zbekiston | 10:50 / 06.05.2019
13238
2 daqiqa o‘qiladi

Orange2Fly va Pegasus Airlines loukosteri O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

Foto: Fiveprime

Gretsiyaning Orange2Fly va Turkiyaning Pegasus Airlines loukosteri O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, dedi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

«Orange2Fly va Pegasus Airlines bilan jiddiy ish olib boryapmiz. Bunda muzokaralar Davavianazorat hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. Rossiya loukosterlari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi. Umuman olganda, 14ta aviakompaniya bilan muzokaralar olib borilmoqda, ular orasida nafaqat loukosterlar, balki KLM, Emirates Airlines, Lufthansa, Air France kabi yirik shirkatlar ham bor», - dedi Qosimxo‘jayev jurnalistlarga.

Bundan oldin, Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

«Eyr Astana» prezidenti va bosh ijrochi direktori Piter Fosterning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonga hamkorlik taklif qilmoqchi va katta strategik rejalarni ko‘rib chiqyapti.

«Yaqin kelajakda Toshkent, Nukus, Qarshi va Farg‘ona vodiysiga reyslar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Keyingi bosqichda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turistik shaharlarga qatnovlar boshlashni mo‘ljallaganmiz», - dedi Foster.

Mavzuga oid