Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston iyunda Suriya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasi 11 iyun kuni Toshkentda Suriya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, deb xabar qildi O‘FA. Avvalroq Ektor Kuper shogirdlari 7 iyunda KXDR bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushishi ma'lum bo‘lgandi.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston milliy jamoasi argentinalik mutaxassis qo‘l ostidagi ilk o‘yinini 2018 yil 6 sentabr kuni aynan Suriyaga qarshi o‘tkazgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgandi. 62-daqiqada Marat Bikmayevning penaltidan urgan goliga 78-daqiqada mehmonlar hujumchisi Umar as-Soma javob qaytargan.
O‘tgan yili kuzda KXDR bilan ham Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini tashkil etilgan, unda maydon egalari Bikmayevning har ikki bo‘limda kiritgan bittadan goli evaziga g‘alaba qozongandi (2:0). Bu – O‘zbekiston milliy jamoasining Kuper murabbiyligidagi ilk g‘alabasi bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, KXDR va Suriya milliy jamoalari yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida o‘z guruhlarida so‘nggi o‘rinni egallagandi. Shimollik koreyslar ochko to‘play olishmagan bo‘lsa, suriyaliklar bir ochko bilan ortga qaytishgan. Ayni paytda, O‘FA rasmiy saytida ta'kidlanishicha, tashkilot «O‘zbekiston milliy terma jamoasiga FIFA kunlarida kuchli sparring-raqiblar topish uchun ko‘plab terma jamoalar bilan muzokaralar» olib borgan.
Osiyoda JCh-2018 saralashining ikkinchi - asosiy bosqichi 2019 yil 5 sentyabridan boshlanib, 2020 yil 9 iyunigacha davom etadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025