Jahon | 15:58 / 10.05.2019
20030
1 daqiqa o‘qiladi

Senatda chiqish qilayotgan Filippin prezidenti yelkasida ulkan suvarak o‘rmalab yurdi

Foto: KUN.UZ

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte senatda chiqish qilayotgan chog‘ida uning yelkasiga ulkan suvarak chiqib oldi, deb xabar berdi Reuters.

Rappler nashri taqdim qilgan lavhada prezident yelkasida o‘rmalab yurgan suvarakka e'tibor qilmagani aks etgan. Bir ozdan so‘ng prezidentning yoniga yordamchisi yugurib keladi va hasharotni tushirib yuborishga harakat qiladi. Shundan so‘ng Duterte suvarakni siltab pastga tushirib yuborgan.

Filippin prezidenti hasharotni muxolifatchi liberal partiya vakillari jo‘natgan bo‘lishi mumkinligini aytib hazillashgan. 

«Bu liberal! Aniq», — deya kinoya qilgan Duterte va nutqini davom ettirgan.

 

Mavzuga oid