Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Fors ko‘rfazidagi provokatsiyani keskin qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2019 yil 12 may kuni Fors ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoraladi.
Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi. Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish mas'uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta'minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi, deyiladi xabarda.
«Kommersant'» nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazidagi vaziyat harbiy mojaro yoqasida qolgan. BAA hududiy suvlari yaqinida bo‘lgan to‘rtta tanker noma'lum kuchlar hujumiga uchradi. Bir necha kun ilgari AQSh Eron savdo va harbiy kemalarga hujum qilishi mumkin ekani haqida ogohlantirgan. Biroq, Eron, xuddi mintaqadagi arab davlatlarida bo‘lgani kabi, bu voqea yuzasidan tashvish bildirdi. Neftning dengizdagi savdosi 30 foizga yaqini Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Shu nuqtai nazardan, neft narxi keskin ko‘tarildi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025