O‘zbekiston | 13:58 / 16.05.2019
53191
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi o‘quvchilari bilan muloqotining ilk yakunlarini sarhisob qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida o‘quvchilar bilan muloqotining ilk yakunlarini sarhisob qildi.

«Barchaga xayrli kun!

Bugun siz bilan muloqotimning ilk yakunlarini sarhisob qilmoqchiman. Avvalgi postda yosh avlodni milliy qadriyatlar va insonparvarlik ruhida barkamol etib tarbiyalash bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amalga oshirishda maktablarning o‘rnini muhokama qildik.

Bildirilgan izohlarga ko‘ra, sizni eng ko‘p tashvishga solayotgan muammolar quyidagilar:

1. Qishloqlardagi maktablarning ahvoli qoniqarsizligi
2. O‘quvchilar va o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishi
3. Malakali o‘qituvchilar yetarli emasligi va ularning hisobot to‘ldirish bilan ovora ekani
4. Har bir bolaning individual iqtidorini rivojlantiruvchi fanlarning yetarli emasligi
5. Kompyuter sinflari va internet bilan bog‘liq muammolar.

Darslarda uyali telefonlardan foydalanish, maktab kiyimi, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi va bepul futbol maydonlariga oid masalalar ham tilga olindi.

Eng dolzarb masalalarni aniqlashda bergan yordamingiz uchun barchangizga katta rahmat. Tegishli vazirliklar ushbu vazifalarni hal etishni boshlagan. Shu o‘rinda, jamiyat uchun muhim bo‘lgan bunday masalalar yechimini topish ma'lum vaqt, resurslar, ekspertlar muhokamasi, zarur hujjatlar tayyorlash va albatta har birimizdan tirishqoqlik va biroz tashabbus talab etishini ta'kidlamoqchiman», - deb yozadi u.

Bundan oldin, Saida Mirziyoyeva maktablarni prezident tashabbuslari ijrosi o‘zagi sifatida belgilash haqida gapirgandi.

Mavzuga oid