Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida mavsumiy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning 6 iyun kunidan boshlab mavsumiy Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiqko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar bermoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan poyezd haftaning har payshanba kuni Toshkent-Markaziy vokzalidan kechki soat 20:50da yo‘lga chiqib, Qozog‘iston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni kechki 20:29da Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiqko‘ldan shanba kuni soat 01:59da harakatlangan poyezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05:00da yetib keladi.
Xalqaro qatnov O‘zbekistonning «Salar», «Chuqursoy», «Keles», Qozog‘istonning «Sariag‘ach», «Aris-1», «Chimkent», «Mankent», «Tyulkubas», «Abail», «Burnoe», «Jambul», «Lugovaya» hamda Qirg‘izistonning «Merke», «Chalvador», «Qaindi», «Qorabolta», «Belovodsk», «To‘qmoq» stansiyalari, Bishkek-2 va Baliqchi vokzali orqali amalga oshiriladi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiqko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorug‘, sovitish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yo‘lovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud bo‘lib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025