O‘zbekiston | 00:37 / 22.05.2019
17384
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda “Halol” standarti bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk mehmonxona qurilishi boshlandi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Samarqandda “Sahid Imam Al-Buhari” mehmonxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Imom Al-Buxoriy majmuasi hududida bunyod etiladigan mehmonxona qurilishi Indoneziyaning “Sahid Group” kompaniyasi va SAG kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladi.

Ushbu mehmonxona “Halol” jahon standartiga javob beruvchi O‘zbekistondagi ilk mehmonxona bo‘ladi. 

Dastlab mehmonxonada 100 ta xona ochish, yaqin 5 yilda esa ular sonini 300 tagacha yetkazish rejalashtirilgan. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Mavzuga oid