Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanxayda ikki o‘quvchini pichoqlab o‘ldirgan ruhiy kasal shaxs qatl etiladi
Shanxay o‘rta darajadagi sudi o‘tgan yil iyun oyida «jamiyatdan o‘ch olish» maqsadida ikki nafar o‘quvchini pichoqlab o‘ldirgan erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi.
Hodisa 2018 yil 28 iyunda Syuexuey tumanidagi boshlang‘ich maktab eshiklari yonida sodir bo‘lgan. Pichoq bilan qurollangan erkak uch nafar maktab o‘quvchisi va ayol kishiga hujum qildi. Shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, ikki nafar bola olgan jarohatlari tufayli nobud bo‘ldi.
Politsiya o‘tkinchilar yordamida gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Tajovuzkor 29 yoshli ishsiz erkak bo‘lib chiqqan. Politsiya bayonotiga ko‘ra, erkak ish topa olmaganligi sababli jamiyatdan o‘ch olishga qaror qilgan.
Payshanba kuni Shanxayda sud hukmi e'lon qilindi. Sud ayblanuvchi Xuan Ichunni o‘lim jazosiga hukm qildi va barcha siyosiy huquqlardan umrbod mahrum etdi.
Sud-psixologik ekspertiza sudlanuvchi shizofreniya kasalligiga chalinganini aniqladi, mutaxassislar u bu holatda cheklangan jinoiy-huquqiy layoqatga ega ekani haqidagi xulosaga kelishdi. Biroq, sud jinoyatning og‘irligi va xavfliligini hisobga olib, o‘lim jazosi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
21:52 / 15.05.2025
Shanxayda boladagi sirli toshma sabab uning oilasi samolyotga chiqarilmadi
11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda
00:31 / 16.09.2024
Shanxay aeroportlarida «Bebinka» tayfuni tufayli barcha reyslar bekor qilinmoqda
18:43 / 01.05.2023