Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya - O‘zbekiston o‘yinini serbiyalik hakamlar boshqaradi
Kelasi hafta oxirida Antaliyada bo‘lib o‘tadigan Turkiya – O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini serbiyalik Srdjan Yovanovich boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O‘FA xabariga ko‘ra, Yovanovichga qanotlarda hamyurtlari Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich yordamlashadi. To‘rtinchi hakam sifatida turkiyalik Xalil Umut Meler tayinlangan.
Uchrashuv 2 iyun kuni Antaliyadagi «Alanya» stadionida o‘tkaziladi. Bu – Turkiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘yin bo‘ladi. O‘zbekiston bunga qadar UYeFAga a'zo 13ta mamlakat termasiga qarshi (ularning barchasi - Sharqiy Yevropa jamoalari) o‘yin o‘tkazgan.
Ma'lumot uchun, Turkiya hozirda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. 1 iyundan e'tiboran Shenol Gyunesh jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallaydi. Ushbu mahalliy mutaxassis 2000-2004 yillarda ham Turkiya termasiga ustozlik qilgan, uning qo‘l ostida jamoa JCh-2002da uchinchi o‘rinni egallagan.
Gyunesh ixtiyorida Angliyaning «Everton», «Lester», Italiyaning «Milan», «Sassuolo», Fransiyaning «Lill», Germaniyaning «Shtutgart», Ispaniyaning «Selta» kabi klublarida to‘p suruvchi futbolchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya milliy termalariga qarshi o‘rtoqlik bahslari o‘tkazadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
15:16 / 25.03.2025