Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Damas»ga yashirilgan katta miqdordagi videokassetalar aniqlandi
Bojxona xodimlari tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro T.A “Damas” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, mashinaning salon qismida qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 9 475 dona videokassetalar borligi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan tovar moddiy boyliklarning umumiy miqdori 142 million so‘mni tashkil etdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025