O‘zbekiston | 11:00 / 27.05.2019
20928
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tusk O‘zbekistonga keladi

Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET

Yevropa kengashi raisi Donald Tusk shu hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentga tashrif 31 may kuni, Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar doirasida bo‘lib o‘tadi. Tusk Tojikiston va Qozog‘istonga ham boradi.

«Donald Tusk safari YeIning mintaqa va alohida mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlarining yana bir ifodasidir», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Tashrif chog‘ida Tusk Tojikistonda prezident Imomali Rahmon, Qozog‘istonda prezident Qosim-Jomart Toqayev va birinchi prezident Nursulton Nazarboyev, shuningdek, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlik masalasidan tashqari, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va chegara nazorati, shuningdek mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha ham fikr almashiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid