Jamiyat | 11:34 / 30.05.2019
30023
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda avtobus yonib ketdi. Yo‘lovchilar uni tark etishga ulgurgan

Kecha, 29 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l yoqasida yonayotgan avtobus videosi tarqaldi. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgani aytilayotgan mazkur voqea yuzasidan ilk ma'lumot paydo bo‘ldi.

Samarqand transport boshqarmasi rahbari Inatilla Hamroyev o‘zining feysbukdagi sahifasida bu voqea haqida post qoldirdi.

«2019 yil 29 may kuni kech soat 19:00 larda Oqdaryo tumani M-37 yo‘lining 13-km.da «Siyovush Trans Servis» MChJga tegishli haydovchi A.D. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli, davlat raqami 30 749 YAA avtobus Dahbed shaharchasidan Loyish shaharchasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida yong‘in sodir bo‘lib, avtobus yonib ketgan.

Mazkur yong‘in hodisasi tufayli yo‘lovchilar avtobusni tark etishga ulgurgan, jabrlanganlar yo‘q. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda»,- deyiladi postda.

Halokat xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslikdan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Samarqand viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i yuqoridagi posti oxirida yo‘lovchi tashish korxonalari rahbarlari va haydovchilarga murojaat qilib, yo‘l harakati xavfsizligi xamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilishni so‘ragan.

Mavzuga oid