Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mersedes Benz o‘rindig‘i ostiga nima yashirilgan edi?
Bojxona xodimlari respublikaga sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarining noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh qilishdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro D.M. boshqaruvidagi Mersedes Benz rusumli avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, uning saloni va haydovchi o‘rindig‘i ichki qismiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 25 million so‘mlik 855 dona tibbiyotda foydalaniladigan har xil o‘lchamdagi “Vikril” (ketgut) iplari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025