Jahon | 16:11 / 31.05.2019
7806
1 daqiqa o‘qiladi

Pekin Xitoy kompaniyalariga to‘sqinlik qilayotganlarning «qora ro‘yxati»ni tuzadi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Xitoy notijorat maqsadlarda XXR korxonalariga to‘sqinlik qilayotgan xorijiy kompaniya va shaxslarning "qora ro‘yxati"ni shakllantiradi. Bu haqda XXR tijorat vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, ushbu ro‘yxatga Xitoy kompaniyalariga notijorat maqsadini ko‘zlagan holda to‘sqinlik qiluvchi, bozor tamoyillariga, shartnoma majburiyatlarini bajarish madaniyatiga amal qilmaydigan xorij kompaniyalari, tashkilotlari va jismoniy shaxslari kiritiladi.

Qayd etilishicha, aniq choralar keyinroq e'lon qilinadi.

May oyi o‘rtalarida AQSh savdo vazirligi Huawei kompaniyasini “AQSh milliy xavfsizligiga qarshi faoliyati” uchun qora ro‘yxatga kiritgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid