O‘zbekiston | 18:45 / 01.06.2019
9351
2 daqiqa o‘qiladi

Ramazon hayiti arafasida bir guruh mahkuma ayollar jazodan ozod etildi

Foto: Oliy sud Matbuot xizmati

Ramazon hayiti arafasida Oliy sud raisi o‘rinbosari X.Yodgorov, Oliy sud, Toshkent viloyati va  Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan ayol sudyalar, jamoatchilik vakillari ishtirokida Zangiota tumanida joylashgan ayollar jazo o‘tayotgan muassasasida bo‘lib, ochiq muloqot o‘tkazishdi, deb yozadi Oliy sud matbuot xizmati.

Foto: Oliy sud Matbuot xizmati

Ma'lum qilinishicha, jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud  majlisi ham bo‘lib o‘tdi. Unda jami 19 nafar ayol jazodan ozod etilib, uyiga - oilasi bag‘riga qaytarildi.

Bundan tashqari, 20 nafar ayol qamoqdan ozod etilib, manzil-koloniyasiga o‘tkazildi.

Foto: Oliy sud Matbuot xizmati

Xabar berilishicha, sayyor suddan so‘ng Oliy sud raisi o‘rinbosari jazoni ijro etish muassasasidagi  mahkumalarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi. 17 nafar mahkumaning  nazorat tartibidagi arizalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.  

Mavzuga oid