O‘zbekiston | 08:45 / 04.06.2019
5255
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda chet el OAV akkreditatsiyasi tartibi soddalashtirildi

Foto: panthermedia/vostock-photo

Hukumat qarori (453-son, 03.06.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi

Adliya vazirligi xabarida aytilishicha, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq chet eldagi vatandoshlarimizga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Tashqi ishlar vazirligiga ariza berilgan vaqtdan boshlab 5 ish kunida qabul qilinadi.

Mazkur qarorni qabul qilish uchun O‘zbekistonning chel eldagi vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asos bo‘ladi.

Bunda, akkreditatsiya olish uchun asosiy hujjatlarga qo‘shimcha ravishda xorijiy OAV ta'sischisi va uning moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot ham taqdim etiladi.

Mavzuga oid