O‘zbekiston | 10:50 / 07.06.2019
20064
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir qabulxonalarining hududiy bo‘linmalari mudirlari tayinlandi

Foto: Pixabay

Hukumat farmoyishiga asosan bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining hududiy bo‘linmalari mudiri vazifasini bajaruvchilar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ular: 

Rinat Baxitovich Aytmuratov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Asrorbek Turg‘unovich Arabboyev – Andijon viloyati;
Rahmatullo Jumayevich Rahmatov – Buxoro viloyati;
Abduboqi Qirqyigitovich G‘ozibekov – Jizzax viloyati;
Murodulla Norqobilovich Eshnazarov – Qashqadaryo viloyati;
Dilshod Esonovich Shakarov – Navoiy viloyati;
Farhod Zokirjonovich Madrahimov – Namangan viloyati;
Akmal Shodiyevich Turobov – Samarqand viloyati;
Umidjon Mamatqulovich Rasulov – Sirdaryo viloyati;
Abdimo‘min Qodirovich Rahmonov – Surxondaryo viloyati;
Qahramon Qobiljonovich Abilov– Toshkent viloyati;
Ibrohim Qayumovich Turg‘unov– Farg‘ona viloyati;
Anvarbek Qurolboyevich Navro‘zov – Xorazm viloyati;
Otabek Sobitovich Yaminov – Toshkent shahri.

Bundan oldin, MTRK raisining sobiq o‘rinbosari bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari bo‘yicha prezident farmoni 2019 yil 14 may kuni qabul qilindi. 

Tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazish qabulxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid