Qirg‘izistonda yangi bosh vazir tayinlandi
Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Odilbek Qosimaliyev hukumat raisi – prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Oldingi bosh vazir Oqilbek Japarov 16 dekabr kuni lavozimidan olingan edi.

Foto: tazabek
Odilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tayinlovga oid tegishli farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, Qosimaliyev nomzodi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan tasdiqlangan. Qosimaliyev deputatlarga o‘zidan oldingi bosh vazir Oqilbek Japarov dasturini amalga oshirishni davom ettirishga va’da bergan.
Tayinlovga qadar Qosimaliyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2015 yildan 2018 yilgacha esa mamlakat Moliya vazirligini boshqargan.
16 dekabr kuni Oqilbek Japarov Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi va prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, sobiq bosh vazir «biror narsaga aloqasi borligi uchun ketgan, shunchaki ketmagan».
Eslatib o‘tamiz, 6 dekabr kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Davlat soliq xizmati raisi Oltinbek Abduvapov va uning o‘rinbosari Islombek Qidirg‘ichevni qo‘lga olgan edi. Ular korrupsiya sxemalariga aloqadorlikda va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.
Mavzuga oid

17:12 / 14.03.2025
Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyoda yagona vizani joriy etishni taklif qildi

16:40 / 13.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bo‘yicha shartnoma imzoladi, aviaqatnovlarni tiklashga kelishdi

18:01 / 12.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

17:24 / 12.03.2025