Sport | 21:00 / 07.06.2019
14766
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: «Real» Azar futbolkalarini sotuvga chiqardi

«Real» yaqin vaqtlar ichida «Chelsi»ning belgiyalik hujumchisi Eden Azar transferini e'lon qiladi.

«Real»ga aloqador tvitter akkauntida xabar qilinishicha, Madrid klubining Barselonadagi «El-Prat» aeroporti yaqinida joylashgan do‘konida Azar nomi tushirilgan futbolkalar sotuvga chiqarilgan. Forvard avval Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lgan 7-raqam ostida to‘p suradi. 

Official store of Real Madrid at the Barcelona El Prat Airport
[via @aleixgraces] pic.twitter.com/5BnIlTR3d7

— Real Madrid Info (@RMadridInfo) June 7, 2019

OAV ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar 28 yoshli futbolchi uchun bonuslar qo‘shib hisoblanganda jami 130 million funt to‘lashadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid