Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buxoro» tojikistonlik mutaxassisni yangi bosh murabbiy etib tayinladi
«Buxoro» klubi tojikistonlik mutaxassis Muhsin Muhammadiyevni bosh murabbiy qilib tayinlaydi. Bu haqda buxoroliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq, «Buxoro» bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgan edi. Endi uning o‘rnini Muhammadiyev egallashi kutilmoqda.
Muhsin Muslimovich Muhammadiyev 1966 yilda tug‘ilgan. Tojikiston va Rossiya fuqaroligiga ega. Futbolchilik faoliyatida Tojikistonning «Pomir», Rossiyaning «Lokomotiv», «Spartak», «Torpedo», Turkiyaning «Anqaraguchu», Avstriyaning «Austriya», O‘zbekistonning «Buxoro» va «Samarqand» klublarida o‘ynagan.
Murabbiylik faoliyatida Rossiyaning «Vityaz», «Rubin», Qozog‘istonning «Ordabasi», Tojikistonning «Istiqlol» klublarida, shuningdek Tojikiston milliy jamoasida ishlagan. 2016 – 2017 yillarda «Istiqlol» bilan Tojikiston chempioni bo‘lgan.
«Buxoro» klubi Superliganing bu yilgi mavsumida 10 turdan keyin 7 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Ashurmatov 8-turdan keyin iste'foga chiqarilgandi. U buxoroliklar boshqaruvidagi 8ta o‘yinda faqat bir bor g‘alaba qozonib, uch bor durang o‘ynab, to‘rtta o‘yinda yutqazgandi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025