Jahon | 19:10 / 09.06.2019
23029
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukraina bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko parlamentga muddatidan oldin saylovlarda uning "Yevropeyskaya solidarnost" partiyasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bosh vazir bo‘lishga tayyorligini bildirdi. 

Poroshenko aprelda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatidan so‘ng siyosatdan ketmasligini aytgandi. Uning "Blok Petra Poroshenko" partiyasi oliy radaga muddatidan oldin saylovlar oldidan o‘z nomini "Yevropeyskaya solidarnost" deb o‘zgartirdi.

Ukraina parlamentiga navbatdagi saylovlar oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid