Jahon | 18:17 / 11.06.2019
17522
1 daqiqa o‘qiladi
Zelenskiy 15 nafar gubernatorni ishdan bo‘shatdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15ta oblast ma'muriyati rahbarini iste'foga chiqardi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.
Prezident ma'muriyati rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapkaning so‘zlariga ko‘ra, Chernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sum, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoj, Zakarpat va Volin oblastlari rahbarlari iste'foga chiqarilgan.
Avvalroq Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel prezident barcha gubernatorlarni almashtirish zarur deb hisoblayotganini ma'lum qilgandi.
5 iyun kuni Ukraina hukumati 13ta oblast rahbarini iste'foga chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:49 / 10.10.2024
«Biz bu haqida gaplashmadik». Zelenskiy ittifoqchilar bilan o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilganini rad etdi
14:08 / 22.07.2024
«U darhol iste’foga chiqishi kerak» - Baydenning qaroriga AQSh va dunyodagi reaksiyalar
18:37 / 14.05.2024
Qashqadaryo hokimi 22 nafar mas’ulni ishdan oldi
08:32 / 05.04.2024