Jamiyat | 09:40 / 12.06.2019
11670
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda g‘isht ishlab chiqarish sexida noqonuniy holat aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Gandumtosh» mahallasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexi ko‘zdan kechirilganda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ya'ni, bunda huquqbuzar korxonaga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasining filtr qismiga po‘lat sim o‘tkazib, hisobga olish priborlarini ko‘rsatgichini to‘xtatib qo‘yishni maqsad qilgan.

Holat yuzasidan, Jizzax viloyat bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filialining hisob-kitob xulosasiga ko‘ra, 56ta gorelka va 28ta kamera bo‘lgan ushbu xususiy korxona tomonidan ta'minotchi korxona manfaatiga 66 million 576 ming so‘m miqdorda zarar yetkazgani aniqlangan.

Noqonuniy xatti-harakat bo‘yicha korxona rahbari bugungi kunda pushaymon ekanligini bildirib, yetkazilgan zararni to‘liq qopladi.

Mavzuga oid