Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida qabul jarayonlari boshlandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy yilning 15 iyun kunidan e'tiboran qabul jarayonlari boshlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qabul jarayonlarini yuqori darajada o‘tkazish, abituriyentlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida barcha diniy ta'lim muassasalarida qabul jarayoniga oid Nizom, yo‘riqnomalar, qabul qoidalari, qabul kvotasi, taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlar, shuningdek, kirish imtihonlari va ularni o‘tkazish tartibi, fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan maslahatlar jadvalini aks ettiruvchi banner va e'lonlar taxtasi tashkil etildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha ma'lumotlar berish maqsadida qabul hay'ati tarkibida maslahatchi va tibbiy xodim faoliyat ko‘rsatib, ta'lim yo‘nalishi va bilim yurti faoliyati to‘g‘risida ma'lumot va tavsiyalar berishi yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy yilning 5 iyuliga qadar, Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasida esa 15 iyuliga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.07.2024
Imtihonda antiqa hodisa: abituriyentga tez yordam xodimi orqali telefon kiritildi
10:49 / 27.07.2024
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
14:00 / 25.07.2024
“Abituriyentlarga huquq fanidan tushgan savollar ishchi guruh tuzib o‘rganib chiqiladi” - TDYuU rektori
19:47 / 24.07.2024