Jamiyat | 19:43 / 17.06.2019
13278
4 daqiqa o‘qiladi

Olovda kuygan yigit shifo orzusida Hindistonga uchib ketdi

Olovda kuyishni his qilish uchun barmoqning bir uchini olovga tekkizishning o‘zi kifoya. Shunday azobni boshidan o‘tkazgan va buning asoratlari hali-hanuz bezovta qilayotgan namanganlik yigit haqida e'lon qilgan edik. Ma'lum vaqt mobaynida ushbu yigitga yurtdoshlarimiz tomonidan ko‘plab moddiy va ma'naviy ko‘mak berildi. Havoning issiqligi sabab Hindistonga uchib ketayotgan Azamat tahririyatimiz mehmoni bo‘ldi va xalqqa o‘z tashakkurini bildirdi.

Video: Youtube

 Video: Mover (tas-ix)

«Assalom alaykum, aziz vatandoshlar. Hamma-hammangizni hayit ayyomi bilan tabriklayman. Tan-u joningiz sog‘ bo‘lsin. Ulug‘ ayyom kunlarda nima niyat qilgan bo‘lsangiz, niyatingizga yetib yuring. Yaxshi amallaringizda Ollohim rozi bo‘lsin. Yordam berganlarga katta rahmat. Xudo xohlasa Hindistonga chiqib ketyapman. Ko‘p vatandoshlarimiz chet ellardan turib yordam berishdi. O‘zlari qora ish qilib, oilalaridan, o‘zlaridan orttirib savob yo‘lida ancha yordam berishdi. Shu orada noto‘g‘ri ma'lumotlar, quruq tuhmatlar ham bo‘ldi. Oddiy holat sifatida bunga uncha e'tibor bermadik.   Ko‘pchilikni yordami bilan davolanish uchun chiqib ketmoqchimiz. Bu zaruriyat tufayli bo‘lib, kunlar isib ketayotganligi bois, og‘riqlar kuchayib borayotgani sababli tezroq borishga qaror qildik. Operatsiya bir bosqichli bo‘lmaganligi tufayli, bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Hozir 22 ming AQSh dollari yig‘ildi. Operatsiyaga ketadigan mablag‘ 25 ming, turar joy va boshqa xarajatlar uchun 5 ming AQSh dollari ketishi kutilayotgan edi. Lekin zaruriyat bo‘lganligi uchun shu mablag‘ bilan chiqib ketishga majbur bo‘lyapmiz. Ulug‘ kunlarda vatandoshlarimiz shuncha yordam qilishdi, endi duoda bo‘lib turishini so‘ragan bo‘lardim», – deydi u.

Bir yigitning dardini o‘z mushkulidek qabul qilgan yurtdoshlar! Sizning yig‘ib bergan mablag‘ingiz ortidan ko‘ngli o‘ksik bu yigit hozirda Hindistonda davolanmoqda. Mablag‘laringiz bilan qo‘llaganingiz ushbu yigit endi sizlarning duolaringizga juda muhtoj. 


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid