Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning arzon xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi aviakompaniyalari ma'lum qilindi
Malayziyaning AirAsia loukosteri Britaniyaning Skytrax marketing kompaniyasi versiyasiga ko‘ra dunyoning arzon xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi aviakompaniyalari reytingiga yetakchilik qilmoqda.
2-o‘rinni Britaniyaning easyJet, 3-o‘rinni esa Norvegiyaning Norwegian aviakompaniyalari egallagan.
Yetakchi o‘ntalikka AQShning Southwest Airlines, Malayziyaning AirAsiaX, Avstraliyaning Jetstar Airways, Kanadaning WestJet, Hindistonning Indigo, Irlandiyaning Ryanair va Germaniyaning Eurowings aviakompaniyalari ham kirgan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, Skytrax talqiniga ko‘ra, 2019 yilning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingining eng yuqori pog‘onasini Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi egallagandi. 2-o‘rinni Singapurning Singapore Airlines, 3-o‘rinni Yaponiyaning ANA All Nippon Airways aviakompaniyalari egallagan.
Mavzuga oid
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025