O‘zbekiston | 22:00 / 19.06.2019
25252
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

19 iyun kuni xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda Namangan viloyat hokimligi rasmiy sayti. 

Deputatlar 2017 yil 23 fevraldan beri tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Shuhrat Davronovning o‘rniga Sadriddin Zokirovich Mo‘minovni tuman hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Hozirgacha Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sadriddin Zokirovich Mo‘minov 1970 yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan, 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini Moliya-kredit yo‘nalishida tamomlagan. O‘zbekiston XDP a'zosi.

Sessiyada viloyat va tuman Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning guruh, kotibiyat, bo‘lim boshliqlari, tuman faollari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Mavzuga oid