Istanbul baribir muxolifatniki. Imomo‘g‘li takroriy saylovlarda ham g‘olib bo‘ldi
Turkiyada muxolifat hisoblanuvchi Xalq-respublikasi partiyasi vakili Akrom Imomo‘g‘li Istanbul merligi uchun o‘tkazilgan takroriy saylovlarda ham g‘olib bo‘ldi. Byulletenlarning 99 foizi hisoblab chiqilganda 53,9 foiz ovoz olgani ma'lum bo‘lgan Imomo‘g‘li saylovda g‘olib bo‘lgani e'lon qilindi.
Turkiyaning asosiy shahri merligi uchun saylovlarda Imomo‘g‘liga mamlakatning sobiq bosh vaziri Binoli Yildirim raqiblik qilgandi. U 45,2 foiz ovoz olgan.
Binoli Yildirim Imomo‘g‘lini g‘alaba bilan tabrikladi.
«Raqibni saylovlardagi g‘alabasi bilan tabriklayman. Bu saylovlar mamlakatimizda demokratiya hukmron ekanini yana bir bor isbotladi. Imomo‘g‘liga Istanbulni boshqarishida omad tilab, xalq xizmatidan charchamasligini tilayman», dedi Yildirim.
Ma'lumot uchun, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 1994 yilda siyosiy faoliyatini aynan Istanbul meri sifatida boshlagan va u bu shahardagi g‘alaba saylovdagi eng muhimi ekanini yashirmagan. «Agar Istanbulda g‘olib bo‘lsang, demak Turkiyada g‘olib bo‘lding», degandi xususan Erdo‘g‘an bu haqda gapirar ekan.
Ayni damda 17 milliondan ortiq odam yashaydigan Istanbul Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadi.
Mart oyida Istanbul merligi uchun o‘tkazilgan birinchi saylovlarda ham Akrom Imomo‘g‘li g‘alaba qozongan, lekin Turkiya markaziy saylov komissiyasi saylov jarayonida qoidabuzarliklar qayd etilgani vaji bilan natijalarni bekor qilgandi.
E'tiborli jihati, takroriy saylovlarda Imomo‘g‘li oldingisidan ham ko‘proq ovoz oldi. Uni birinchi saylovlarda saylovchilarning 48,8 foizi qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024