Jahon | 09:58 / 25.06.2019
8113
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro koinot stansiyasidagi 3 fazogir Yerga qaytdi

Foto: Sergey Mamontov/POOL/TASS

Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining 3 a'zosi “Soyuz MS-11” fazoviy kemasi qurilmasida Qozog‘iston dashtida, Jyezqazg‘an shahridan 145 km janubroqda qo‘ndi. Bu haqda Moskva viloyatidagi parvozlarni boshqarish markazida ma'lum qilindi.   

Yerga Roskosmos fazogiri Oleg Kononenko, NASA va Kanada koinot agentligi astronavtlari Enn Makkleyn va David Sen-Jak fazoda 204 kun bo‘lgandan keyin qaytgan.

Foto: Roskosmos

Kema XKSdan 25 iyun Toshkent vaqti bilan soat 04:25 da ajralib, 07:48da qo‘nishni amalga oshirgan. Ta'kidlanishicha, fazogirlar o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar.

Ayni vaqtda XKSda rossiyalik Aleksey Ovchinin, amerikalik Nik Xeyg va Kristina Kuk ishni davom ettirmoqda.

Koinot stansiyasiga keyingi ekspeditsiya Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan 20 iyulda “Soyuz MS-13” kemasida jo‘natiladi. Yangi ekipaj tarkibiga Roskosmos vakili Aleksandr Skvorsov, NASA va Yevropa koinot agentligi vakillari Endryu Morgan va Luka Parmitano (Italiya) kiradi.

Mavzuga oid