Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda yoshlar o‘rtasida marafon bo‘lib o‘tdi
26 iyun kuni Termiz shahrida Giyohvandlikka qarshi kurashish xalqaro kuni hamda Yoshlar kuni munosabati bilan «Yoshlar jinoyatchilikka qarshi», «Sog‘ tanda sog‘lom aql» shiorlari ostida turli yosh toifalarida 5300 metr masofaga yugurish bo‘yicha marafon bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyat IIB YXHB axborot-tahliliy guruhining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur marafonda jami 800 ga yaqin insonlar ishtirok etgan.

Tadbir Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat IIB, viloyat IIB YHXB, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilgan.

Tadbir davomida viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan ishtirokchilarning xavfsizligi ta'minlanishi bilan bir qatorda, ularga yo‘l-transport hodisalarining oldini olishni targ‘ib etuvchi bukletlar, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha eslatmalar tarqatildi.

Mavzuga oid
23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi
19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi
07:56 / 09.04.2025