Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Braziliyaga qarshi o‘yindan keyin hakamni aybladi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi yarimfinalida Braziliyaga qarshi kechgan va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin hakamlarga e'tiroz bildirdi. Uning fikricha, hakamlar o‘yin davomida ikki marta braziliyaliklar darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi.
«Biz o‘yinni yaxshi o‘tkazdik. Ular bizdan yaxshiroq emasdi.
Bu turnirdagi hakamlarning qarorlaridan charchadim. Braziliyaliklar qo‘l bilan o‘ynashdi, qo‘polliklar qilishdi, ammo penalti berilmadi. Bu oqshomda hakam biror vaziyatda VAR xizmatidan foydalanmadi. Bunga aql bovar qilmaydi.
Biz qattiq harakat qildik. Ammo hakam brazillarga birorta kartochka bermadi, kartochkalarini faqat bizga tarqatdi. Hakam o‘z qarorlarida nohaq edi», deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Ole manbasi.
Mavzuga oid
09:14 / 15.07.2024
Argentina 16-bor Amerika Kubogida g‘olib bo‘lib, mutlaq rekordchiga aylandi
15:23 / 10.07.2024
Messi gol urdi, Argentina majburiy dasturni bajardi
02:36 / 31.10.2023
Lionel Messi - 8 karra «Oltin to‘p» sohibi
16:38 / 12.07.2021