O‘zbekiston | 11:06 / 05.07.2019
10868
3 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: «Maydon»da 155 nafar desantchi sakrash amaliyotini bajardi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug maxsus bo‘linmalarining harbiy xizmatchilari «Maydon» hududida joriy yilning sentabr oyida Qurolli Kuchlar miqyosida «Farg‘ona» poligonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan parashyut sporti musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«D-6», «Berkut-2», «Malva aksioma» kabi parashyutlardan jami 155 nafar desantchi sakrash amaliyotini muvaffaqiyatli bajardi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Desantchilar muhim yo‘riqnomalar asosida yana bir bor nazoratdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng, «yarim shar» egalari Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 harbiy vertolyoti bortidan joy oldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Desantchilar o‘n guruhga bo‘lingan holda navbatma-navbat belgilangan hududga muayyan qo‘shimcha yuklar bilan sakrash jangovar vazifasi bajarishga kirishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Shu kunga qadar ikki yuzdan ortiq parashyut bilan sakrash jangovar vazifasini: suvda, tunda barcha parashyut turlari bilan bajardim. Ko‘plab parashyut sporti musobaqalarida qatnashish chog‘ida havo desant ilmining nozik jabhalarini yaxshi o‘zlashtirdik. Ushbu mashg‘ulot joriy yilning sentyabr oyida Qurolli Kuchlar miqyosida «Farg‘ona» poligonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan parashyut sporti musobaqasi oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi», — deydi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Boymurod Tursunov.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Mashg‘ulot davomida ilk bor parashyut bilan sakrayotgan desantchilar ham mavjud. Ularning ko‘nikma va imkoniyatlarini kengaytirish, har qanday vaziyatda yuksak ruhiy va jangovar barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladigan mashg‘ulot, ayniqsa, sakrash borasida debyut qilgan harbiylar uchun katta sinov bo‘ldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulotni bevosita Qurolli Kuchlar Bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi havo desant tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik G‘ulom To‘ychiyev, harbiy qism komandiri podpolkovnik Farhod Davlatov hamda mas'ul ofitserlar kuzatib bordi.

Barcha sakrash amaliyotlari mutaxassislar tomonidan a'lo darajaga baholandi», deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.

Mavzuga oid