Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada Yevropadagi eng katta okeanariumda yong‘in chiqdi
9 iyulda Ispaniyaning Valensiyasida joylashgan Yevropadagi eng katta okeanariumda yong‘in yuz berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 11lar atrofida tashrif buyuruvchilar akulalar saqlanadigan hududda tutun chiqayotganini payqashgan. Bir necha daqiqadan keyin bino uzra ulkan qora tutun ustuni ko‘tarilib, uni shaharning turli burchaklaridan ko‘rish mumkin bo‘lgan.
O‘z vaqtida yetib kelgan qutqaruvchilar alangani 20 daqiqada o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Binodan 2 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Odamlar va jonzotlar orasida jabrlanganlar bo‘lmagan. Yong‘in sababi va o‘chog‘i hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Okeanarium 110 ming kvadrat metr maydonni egallab, unda 500 turdagi 45 ming jonzot saqlanadi. “San'at va fan shahri” deb nomlanuvchi ushbu majmua Ispaniyaning eng mashhur joylaridan biri hisoblanadi.
Fire in Oceanogràfic #Valencia #Spain (Fuego en #oceanografic #Espana 🛑♨️🚨🔥 pic.twitter.com/gQQIMOpoa7
— Teacher From PR 🇺🇸🇵🇷 (@MaestroDEPR) 9 iyulya 2019 g.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025