Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik nayza uloqtiruvchi qiz talabalar universiadasida finalga chiqdi
Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada o‘yinlari davom etmoqda.
8 iyul kuni San-Paulo stadionida yengil atletika bo‘yicha musobaqalarga start berildi.
23ta davlat sportchilari qatnashgan nayza uloqtirish bo‘yicha saralash bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Sanobar Erkinova 52,87 metr natija ko‘rsatib, musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.
Nayza uloqtirish bo‘yicha final bahslari 10 iyul kuni o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi bo‘lgan Sanobar Erkinova joriy yilning aprel oyida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 54,75 metr natija ko‘rsatib beshinchi o‘rinni band etgan edi.
Mavzuga oid
13:23 / 22.04.2025
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
18:07 / 06.12.2024
World Athletics O‘zbekistonni kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi
14:40 / 02.12.2024
Yaroslava Maguchix 2024 yilda dunyoning eng yaxshi yengil atletikachisi bo‘ldi
08:46 / 04.08.2024