Sport | 00:06 / 10.07.2019
9312
1 daqiqa o‘qiladi

“Paxtakor” futbolchilari halokatining 40 yilligiga hujjatli film suratga olinadi

40 yil avval, 1979 yil 11 avgustda bortida “Paxtakor” futbolchilari bo‘lgan samolyotning halokati oqibatida klubning 17 a'zosi halok bo‘lgandi.

Klub matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda ushbu halokatning 40 yilligiga katta ko‘lamli tayyorgarlik ketmoqda. Shu munosabat bilan “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston futboli faxriylari va SSSR afsonalari terma jamoasi ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan musiqiy qismni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, avgust boshida Toshkentda 2004 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilar o‘rtasida “Xotira qanotlari” turniri bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, shu kunlarda “Paxtakor-79” jamoasiga bag‘ishlangan hujjatli filmni suratga olish ishlari bormoqda. Yaqin orada film tizeri taqdim qilinishi rejalashtirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid