Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mushtumzo‘r ayolga sud hukmi o‘qildi
Joylarda tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan iste'molchilar orasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik, huquqbuzarlik holatlari, hattoki xizmat vazifani bajarib kelayotgan davlat inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ham uchrab turibdi.
Surxondaryo viloyati Denov tumani “Vodiy” mahallasida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Majburiy ijro byurosining davlat inspektori ko‘p qavatli xonadonlarning birida elektr energiyasidan foydalanish tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzib foydalanib kelayotgan iste'molchini aniqlagan.
Mazkur holat yuzasidan Byuroning davlat inspektori tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda xonadon egasi M.M. qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, dalolatnomani rasmiylashtirishiga qarshilik ko‘rsatib, yengil tan jarohati yetkazadi.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, joriy yilning 8 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Sud M.M.ning harakatlarini baholab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan 180 soat majburiy jamoat ishlari jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024