Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi tibbiyot muassasasida o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, sog‘ligi holatining keskin yomonlashgani sababli Turkiyaning Istanbul shahridagi Göztepe Eğitim ve Araştırma Hastenesi tibbiyot muassasasiga davolanishga yotgan O‘zbekiston fuqarosi G.N. 2019 yil 13 iyul kuni vafot etdi.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda, deyiladi TIV xabarida.
Konsullik-huquqiy departament marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatning Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025