O‘zbekiston | 17:19 / 18.07.2019
17812
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston deyarli barcha elektr stansiyalarni xususiy investorlarga sotadi

Foto: Yevgeniy Biyatov

O‘zbekiston hukumati deyarli barcha elektr stansiyalarni bir necha yil davomida xususiy sarmoyadorlarga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun respublika energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev ma'lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda elektr stansiyalardagi aksiyalar bir qismini xususiy investorlarga sotish va davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘shma korxonalar tashkil etish ko‘rib chiqilmoqda. Keyingi bosqichga «elektr stansiyalar aktivlarini butunlay xususiy investorlarga sotish» aylanadi.

«Yakunda bir nechta gidro elektr stansiyalar va AES davlat mulkida qoladi. Ya'ni, ishlab chiqarishning katta qismi xususiy shaxslarda bo‘ladi», - dedi Xo‘jayev energetika sohasidagi islohotlar bo‘yicha davra suhbatida.

«Elektr energetikasini bosqichma-bosqich isloh qilishning ushbu modeli iqtisodiyot tarmoqlari va aholining oshib borayotgan talablarini tariflarning keskin o‘sishi yuz bermagan holda qoplash, shuningdek, davlat roli bosqichma-bosqich qisqartirilishi hamda bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha kafolat beradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid