Jahon | 14:10 / 21.07.2019
3346
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkong politsiyasi yirik miqdordagi portlovchi moddalarni musodara qildi

Foto: Getty Images

Hongkong politsiyasi ommaviy namoyishlar arafasida yirik miqdordagi portlovchi moddalarni musodara qildi, deb xabar berdi CNN telekanali.

Xabarda aytilishicha, Tsuyen Van sanoat rayonida qo‘lbola bomba tayyorlashi taxmin qilingan fabrikaga reyd uyushtirilgan. Politsiyachilar reyd davomida ikki kilo portlovchi modda, o‘nta benzinli bomba, yemiruvchi suyuqliklar va qurollar topishgan. Politsiya 27 yoshli erkakni qo‘lga olgan.

Ushbu portlovchi moddalar navbatdagi ommaviy namoyishlar arafasida topilgan.  

Keyingi vaqtda shahar aholisi Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid