Shifoxonalardan birining bolalar bo‘limida taxtakana aniqlandi (video)
Internetda Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi shifoxonaning bolalar bo‘limida tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Videorolik Facebook’dagi “Exo Uzbekistana” guruhida joylashtirilgan. Unda karavotlar ustida taxtakanalar o‘rmalab yurganini ko‘rish mumkin.
Video muallifining ta'kidlashicha, videodagi holat shifoxonada olib borilgan dezinfeksiya ishlaridan keyin yuz bermoqda.
Shifoxonada amalga oshirilgan dezinfeksiyaga qaramasdan, bemorlar karavotlarida o‘nlab taxtakana o‘rmalab yurganini ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha ushbu videoga izoh bermadi.
Taxtakana qon so‘ruvchi hasharot bo‘lib, tulyaremiya, brutsellyoz, chechak, gepatit B, sil, ich terlama va kuydirgi kabi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi organizmlarini yuqtirishi mumkin. Qonxo‘r hasharot bir kechada 500 martagacha chaqishi mumkin.
Mavzuga oid
13:42 / 23.11.2024
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
09:45 / 10.09.2024
Jizzaxda uch aka-uka shifoxonada bezorilik qildi
12:46 / 09.08.2024
Qashqadaryoda yo‘qolib qolgan ayolning jasadi shifoxonadagi lift shaxtasidan topildi
14:32 / 25.07.2024